Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Sport 25/08/2025 O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Kolumbiyadagi U-16 olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Kolumbiyadagi U-16 olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi jahon shaxmat olimpiadasida (U-16) muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 2025 yil 16–23 avgust kunlari Kolumbiyaning Barrankilya shahrida bo‘lib o‘tdi.

FIDE maʼlumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxmatchilar yetti g‘alaba qozonib, ikki marotaba durang o‘ynashdi.

Birinchi o‘rinni barcha to‘qqiz uchrashuvda g‘alaba qozongan FIDE-1 jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin esa yetti g‘alaba va ikki mag‘lubiyat bilan Qozog‘iston terma jamoasiga nasib etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar shaxsiy natijalarda ham yutuqlarga erishishdi. Xususan, Muhammadzohid Suyorov birinchi doskada ikkinchi o‘rinni, Xumoyun Begmurodov esa ikkinchi doskada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling