Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar Peruda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar Peruda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritdi.
Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Kumush medalni +78 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nigʻmatova keltirgan boʻlsa, Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Yakkalik bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi kuchli natijalar ko‘rsatib, yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha xalqaro arenada mamlakatimiz mavqeini mustahkamladi.