O‘zbekistonlik velosipedchilar Osiyo chempionati medallarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik velosipedchilar Osiyo chempionati medallarini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonida o‘tayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sportchi qizlari mamlakat medallar jamg‘armasini yangi sovrinlar bilan to‘ldirdi.
Yoshlar o‘rtasidagi guruh poygasida Gulhayo Sattorova uchinchi bo‘lib marraga yetib kelib, qitʼa birinchiligining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
45 yoshdan oshgan sportchi ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa Olga Zabelinskaya yuksak natija qayd etib, bir yo‘la ikki yo‘nalishda oltin medallar sohibasiga aylandi.
O‘zbek sportchi qizlarining muvaffaqiyatli chiqishi milliy terma jamoaning tayyorgarlik darajasi yuqoriligini tasdiqlab, O‘zbekistonning Osiyo sport maydonidagi mavqeini yana-da mustahkamlamoqda.