Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarni ajratish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarni ajratish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarni ajratish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi.

Homiladorlikning 33-34-haftasida “kesarcha kesish” yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘uruqdan 9 soat o‘tib, shoshilinch ravishda, ustiga-ustak, mahalliy sharoitda o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi.

Besh soat davom etgan yuqori texnologik operatsiya Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi.

Siam egizaklarini ajratib olish operatsiyasida ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar vazir A.Xudayarov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Salomatligi yaxshilangan jajji bemorlar va ularning onasiga bugun shifoxonadan uyiga javob berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling