Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonlik o‘quvchilar IOI-2025 xalqaro informatika olimpiadasida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI-2025)da ikkita medalga sazovor bo‘lishdi. Olimpiada yakunlanganidan so‘ng rasmiy natijalar eʼlon qilindi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta bronza hamda ilk marotaba kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Olimpiada natijasiga ko‘ra, Asilbek Sunnatov 378,82 ball to‘plab, kumush medalga loyiq deb topildi.
Ulug‘bek Rahmatullayev esa 308,12 ball natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.