Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
O‘zbekistonlik o‘quvchi “WorldSkills Asia Taipei 2025”da “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ld

O‘zbekistonlik o‘quvchi “WorldSkills Asia Taipei 2025”da “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ld

O‘zbekistonlik o‘quvchi “WorldSkills Asia Taipei 2025”da “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ld

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasi Taypey shahrida joriy yilning 27–29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “WorldSkills Asia Taipei 2025” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Musobaqada mamlakatimizdan 16 ta yo‘nalish bo‘yicha 32 nafar ishtirokchi qatnashib, o‘z kasbiy bilim va mahoratini namoyon qildi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi Iqbolmirzo Abdusamadov elektromontaj yo‘nalishida faol ishtiroki va yuqori mas’uliyati uchun WorldSkills International tomonidan beriladigan “Best of Nation" – "Millat faxri” mukofotiга sazovor bo‘ldi. 

“Millat faxri” mukofoti ishtirokchining musobaqada mamlakat sha’nini munosib himoya qilgani uchun beriladigan yuksak xalqaro mukofot sanaladi. Iqbolmirzo Abdusamadovning natijasi Shirin energetika texnikumida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, murabbiylar mehnati ва yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish borasidagi tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

O‘zbekiston jamoasining xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati yurtimizda kasbiy ta’limni rivojlantirish, zamonaviy kasblar bo‘yicha xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash jarayonining izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling