Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekistonlik ilk 100 fuqaro sloveniyalik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzdi

O‘zbekistonlik ilk 100 fuqaro sloveniyalik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzdi

O‘zbekistonlik ilk 100 fuqaro sloveniyalik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi va Sloveniya Respublikasi Bandlik xizmati hamkorligida Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida tadbirlar o‘tkazildi.

Samarqand shahrida Sloveniya Bandlik xizmati rahbari Greta Metka xonim Kasbiy ko‘nikmalar markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Sloveniyalik ish beruvchilar tomonidan 6 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, tanlovda 200 nafar fuqarolar ishtirok etdi.

Buxoroda ham mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi. Muloqotda Sloveniyada 160 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va o‘zbekistonlik mutaxassislarga katta talab borligi taʼkidlandi.

Hududlarda o‘tkazilgan tanlovlarda yuz nafar fuqaro Sloveniyada mehnat faoliyatini olib borish uchun shartnomalarni imzolash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling