O‘zbekistonlik “Heemera” kompaniyasi xalqaro Google Accelerator: AI First dasturiga kiritildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligining “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi “Heemera” MCHJ "Google Accelerator: AI First Program" nufuzli xalqaro dasturiga kiritilgan tarixda ilk o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi.
Akseleratorda ishtirok etish “Heemera” MCHJga “Google” mutaxassislari va ekotizimining texnik va biznes tajribasidan foydalanish, shaxsiy yordam, ixtisoslashtirilgan trening va murabbiylik yordami, shuningdek kompaniya va uning mahsulotlarini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha maslahatlar olish imkonini beradi.
Akseleratorning bir qismi sifatida “Heemera” kompaniyasi “Google” jamoasi bilan blokcheyn tahlili, kripto-tergovlar va kripto-aktivlarni qaytarish sohasida o‘zining sunʼiy intellekt yechimlarini yana-da rivojlantirish, shuningdek biznesni xalqaro miqyosda kengaytirish uchun hamkorlik amalga oshiradi.
“Heemera” MCHJning akseleratorga qo‘shilishi O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi va sunʼiy intellekt sohasida innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘lib, kriptosanoat va zamonaviy texnologik yechimlar sohasidagi mintaqaviy markazlardan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.