Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
O‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 2025 yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p mukofot puli ishlagan jahon shaxmatchilari o‘ntaligiga kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 2025 yil yakunlariga ko‘ra mukofot pullari miqdori bo‘yicha jahonning eng kuchli o‘n nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

Nodirbek Abdusattorov mukofot pullari bo‘yicha jahon reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Yil davomida u 16 ta yirik xalqaro turnirda ishtirok etib, jami 361,8 ming dollar daromad oldi. O‘zbek grossmeysterining bir musobaqada qo‘lga kiritgan eng yuqori gonorari 85 ming dollarni tashkil etdi.

Reytingning o‘ninchi pog‘onasidan Javohir Sindarov joy oldi. U 2025 yilda 11 ta xalqaro turnirda qatnashib, ular yakunlari bo‘yicha 349,9 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Bir musobaqada qo‘lga kiritilgan eng katta yutug‘i 120 ming dollarga teng bo‘ldi.

Mukofot pullari jami miqdori bo‘yicha jahon reytingida yetakchi o‘rinni norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen egalladi. U 16 ta turnirda ishtirok etdi va 2025 yilda mukofot pullaridan 1 million dollardan ortiq daromad olgan yagona shaxmatchi bo‘ldi. Uning umumiy yutug‘i 1,46 million dollarga yetdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling