Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 01/07/2025 O‘zbekistonlik ayollar Turkiyadan repatriatsiya qilindi

O‘zbekistonlik ayollar Turkiyadan repatriatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayollar vatanga qaytarildi. Bu O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi o‘rtasidagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarimizni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi.

Erishilgan muhim natijalar:

Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan hamyurtlarimizni maʼmuriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan maʼqullandi.

Qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy maqom berishga kelishildi.

Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayollarimizga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi;

28 nafariga “vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi;

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.

Mutasaddi organlar fuqarolarni mehnat faoliyatini faqat qonuniy doirada amalga oshirishga chaqiradi. Yaqin kunlardaTurkiyada nolegal maqomda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma eʼlon qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling