Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
O‘zbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi

O‘zbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi

O‘zbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi.

Avval xabar berilganidek, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligiga erishish, “yashil loyihalar”ni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoy Xalq Respublikasi “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi g‘olib bo‘lgan edi. Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq harakat tarkiblarini yetkazib berish jarayoni boshlandi. Mazkur loyiha Xitoyning Eximbanki hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning moliyaviy ko‘lmagida amalga oshirilmoqda.

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayoni joriy yilning sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling