O'zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha 31-55 yoshdagi sayyohlar yetakchilik qilmoqda

O'zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha 31-55 yoshdagi sayyohlar yetakchilik qilmoqda

O'zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha 31-55 yoshdagi sayyohlar yetakchilik qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida 1 776 336 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi.

2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida 1 776 336 nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Ushbu davrda mamlakatga 156 ta davlatdan sayyohlar tashrif buyurgan. Jinsiy tarkibda erkaklar ustunlik qilgan — 1 053 320 nafar, ayollar soni esa 723 016 nafarni tashkil etgan.

Eng ko‘p ulushni 31–55 yosh oralig‘idagi sayyohlar tashkil etdi — 960 489 nafar.

Shuningdek, 56 yoshdan katta bo‘lgan sayyohlar ham sezilarli ulushni tashkil etdi — 334 381 nafar.

19–30 yosh oralig‘idagi sayyohlar soni 319 635 nafarga yetgan bo‘lsa, eng kam ulush 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga to‘g‘ri keldi — 161 831 nafar.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling