O‘zbekistonga ikki oyda qariyb 12 ming xorijiy bemor tashrif buyurdi

O‘zbekistonga ikki oyda qariyb 12 ming xorijiy bemor tashrif buyurdi

O‘zbekistonga ikki oyda qariyb 12 ming xorijiy bemor tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga tibbiy yordam olish maqsadida 11 876 nafar xorijiy fuqaro kelgan.

Eng ko‘p bemorlar qo‘shni davlatlardan kelgan: Tojikistondan 7 562 nafar, Qirg‘iz Respublikasidan 2 530 nafar, Qozog‘istondan 1 212 nafar.

Shuningdek, O‘zbekistonda 338 nafar Afg‘oniston fuqarosi va 208 nafar Rossiyadan kelgan bemorlar tibbiy xizmatlardan foydalangan. Qolgan 26 nafar esa boshqa davlatlardan tashrif buyurgan.

Ushbu maʼlumotlar xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolayotganini hamda mamlakatda tibbiy turizm rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling