Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekistonga 639 tonnadan ortiq gugurt import qilindi

O‘zbekistonga 639 tonnadan ortiq gugurt import qilindi
 

O‘zbekistonga 639 tonnadan ortiq gugurt import qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga ikki mamlakatdan jami 639,1 tonna gugurt 713,3 ming AQSH dollari qiymatida import qilingan.

Importning asosiy hajmi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu mamlakatdan 639,1 tonna gugurt olib kirilgan. 9,1 kg lik kichik partiya Shveysariyadan import qilingan.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, import hajmi qariyb 113,9 tonnaga yoki 15,1 foizga qisqargan.

Shu davrda O‘zbekiston uchta davlatga jami 206,4 tonna gugurtni 226,2 ming AQSH dollari qiymatida eksport qilgan.

Eksportning eng katta qismi Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu mamlakatga 87,5 tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Qozog‘istonga 73,3 tonna, Tojikistonga esa 45,6 tonna gugurt eksport qilingan.

2025 yil yakuniga ko‘ra, eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62,5 tonnaga yoki 23,2 foizga kamaygan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling