Valyuta kurslari 16/12/2025
$1 – 12130.01
UZS – 0,27%
€1 – 14245.48
UZS – 0,36%
₽1 – 153.04
UZS – 0,84%
Qidirish
O‘zbekiston–Finlyandiya biznes-forumi: innovatsiyalar, texnologiyalar va agrar hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston–Finlyandiya biznes-forumi: innovatsiyalar, texnologiyalar va agrar hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston–Finlyandiya biznes-forumi: innovatsiyalar, texnologiyalar va agrar hamkorlikning yangi bosqichi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizdagi “Intercontinental Hotel – Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston–Finlyandiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubbning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Finlyandiya hukumati a’zolari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda biznes doiralar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida agrar sohada yangi istiqbollar, xususan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sut sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Finlyandiyaning “Valtra Tractors” hamda “Valio Ltd.” kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Mazkur hujjatlarga muvofiq, “Valtra Tractors” kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda agrar tarmoqqa intellektual texnologiyalarni joriy etish, “Valio Ltd.” bilan esa O‘zbekiston Respublikasida sut sanoatini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Imzolangan memorandumlar O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga, agrar sohada ilg‘or tajribalar almashinuviga hamda mamlakatimizda innovatsion texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish zanjirini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, yangi sarmoya yo‘nalishlarini aniqlash va kelgusida doimiy muloqot platformasini yaratish borasida kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling