Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O'zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonda yetishtirilgan mevalar eksporti Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasida erishilgan kelishuv asosida amalga oshirildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston elchixonasi ko'magida Kuvaytning "Javed & Majed Co" va "Agricultural Food Products Co" kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar doirasida dudlangan go'sht, pishloq, olma, qovun, anor, tarvuz mahsulotlari yetkazib beruvchilarni aniqlash, narxlarni kelishish ishlari davom etmoqda.