O‘zbekistondagi texnikumlarda Luban ustaxonalari ochiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Pekin shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Hilola Umarova Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Din Suesyang, Xitoy ta’lim vazirligi, Xitoy Xalqaro ta’lim almashinuvi assosiatsiyasi, Shenyan Pedagogika universiteti, Pekin universiteti, Osiyo infratuzilma investisiyalari banki rahbariyatlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvlar davomida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, o‘zaro almashinuv dasturlari, kasbiy ta’limda amaliy malaka markazlar, grant loyihalari, Luban ustaxonalarini O‘zbekistondagi texnikumlarda ochish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.
Shuningdek, oliy ta’lim uchun qo‘shma dasturlarni ko‘paytirish, har yili Xitoyda O‘zbekiston ta’lim kunini joriy etish kabi masalalar haqida so’z yuritildi.