Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 2026 yilda 1 mlrd kVt⋅soat “yashil” energiya ishlab chiqardi

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 2026 yilda 1 mlrd kVt⋅soat “yashil” energiya ishlab chiqardi

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 2026 yilda 1 mlrd kVt⋅soat “yashil” energiya ishlab chiqardi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilda O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 400 mln kVt⋅soatga, yaʼni 40 foizga ko‘pdir.

Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 13 fevral kuni soat 12:30 holatiga yil boshidan beri ishlab chiqarilgan “yashil” elektr energiyasining jami hajmi 1 mlrd kVt⋅soatga yetgan. Ayni paytda mamlakatda umumiy quvvati 5 582 MVt bo‘lgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish 2022 yildan boshlangan bo‘lib, o‘sha yilda Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh elektr stansiyalari 434 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 576,9 mln kVt⋅soatga yetgan, 2024 yilda to‘qqizta quyosh va bitta shamol stansiyasi 4,86 mlrd kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan, 2025 yilda esa barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari jami 10,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.

2026 yil boshidan buyon quyosh elektr stansiyalari 396 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari esa 604 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan. Bu hisobiga 267 mln kub metr tabiiy gaz tejab qolingan hamda atmosferaga 575 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqarilishining oldi olingan.

Gidroelektr stansiyalari ishlab chiqargan energiyani ham hisobga olganda, yil boshidan 13 fevral kuniga qadar jami elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 1,57 mlrd kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu esa 400 mln kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga 863 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldini olish imkonini berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling