Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O'zbekistondagi kichik biznes 2025-yilda YaIMning yarmidan ko'pini tashkil qiladi

O'zbekistondagi kichik biznes 2025-yilda YaIMning yarmidan ko'pini tashkil qiladi

O'zbekistondagi kichik biznes 2025-yilda YaIMning yarmidan ko'pini tashkil qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 212,0 mingtani, shundan, kichik korxona va mikrofirmalar soni 479,0 mingtani, YATTlar soni 281,9 mingtani, dehqon xoʻjaliklari soni 422,3 mingtani, oilaviy tadbirkorlar 5,8 mingtani, hunarmandlar 22,1 mingtani va import tovarlari sotuvchilar 0,9 mingtani tashkil etdi.

2025-yil 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 32,1 birlikni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining (har ming aholiga nisbatan) eng yuqori koʻrsatkichi Xorazm viloyatida 43,5 birlik, Toshkent shahrida 43,4 birlik, Sirdaryo viloyatida 37,7 birlik va Buxoro viloyatida 37,5 birlikni tashkil etdi.

Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar 2025-yilning yanvar-sentabrida 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilindi. 2025-yilning yanvar-sentabrida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 22 918 ta, sanoatda 8 088 ta qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 7 714 ta hamda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda 5 513 ta tashkil etilgan.

2025-yilning yanvar-sentabrida YaIM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 51,5 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulushi qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 96,9 %, qurilishda – 77,6 %, xizmatlar sohasida – 45,1 % va sanoatda – 26,4 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 258 519,5 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki sanoat ishlab chiqarishi jami hajmdagi ulushi 33,4 % ini tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 116,7 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 169 989,4 mlrd soʻmni yoki qurilish ishlari jami hajmdagi ulushi 75,7 % ini tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 111,3 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 143,8 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 60,9 % ni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 129,2 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlikning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligidagi hajmi 355 686,8 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 97,1 % ni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmi 258 773,9 mlrd soʻmni yoki jami hajmdagi ulushi 81,8 % ini tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi hajmi 397 493,0 mlrd soʻmni yoki jami hajmdagi ulushi 55,0 % ini tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (tovar, ishlar va xizmat)lar eksporti hajmi 8,5 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 32,0 % ini tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-sentabrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 17 768,1 million AQSH dollarini yoki jami importning 53,7 % ini tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-sentabrida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 51,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish sur’ati 107,0 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-sentabrida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 77,0 % ni, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish sur’ati 107,3 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-sentabrida, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 90,9 % ni, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,8 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-dekabrida, avtomobil transporti yoʻlovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 95,4 % ni, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish sur’ati 103,2 % ni tashkil qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling