Valyuta kurslari 26/02/2026
$1 – 12137.10
UZS – -0,42%
€1 – 14307.21
UZS – -0,42%
₽1 – 158.53
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekistondagi Hindiston elchisi: Dok-1 Max ishiga baho berish sud vakolatida

O‘zbekistondagi Hindiston elchisi: Dok-1 Max ishiga baho berish sud vakolatida

O‘zbekistondagi Hindiston elchisi: Dok-1 Max ishiga baho berish sud vakolatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondagi Hindiston elchisi Smita Pant Dok-1 Max ishiga izoh berib, ushbu masala ayni paytda sud tartibida ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu huquqiy jarayon bo‘lib, unga yakuniy baho berish sudning vakolatiga kiradi. Tergov va sud jarayonlari to‘liq yakunlanmaguncha rasmiy izoh berish yoki xulosa chiqarish erta va maqsadga muvofiq emas.

Elchi Hindiston tomoni uchun qonun ustuvorligi asosiy tamoyil ekanini taʼkidladi. Hindistonda barcha jarayonlar oshkoralik va qonuniylik asosida amalga oshiriladi, sud tizimi esa mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.

Shuningdek, har bir inson hayoti Hindiston uchun beqiyos qadriyat ekani alohida qayd etildi. Ushbu hodisa oqibatida bolalarning halok bo‘lishi Hindiston xalqi uchun ham chuqur fojea bo‘lgan, har bir yo‘qotilgan hayot jiddiy insoniy falokat sifatida qabul qilinadi.

Biroq, elchi Hindiston farmatsevtika sanoatining global sog‘liqni saqlash tizimidagi muhim o‘rniga ham eʼtibor qaratdi.

COVID-19 pandemiyasi davrida Hindiston dunyoning 96 ta mamlakatiga 301 million dozadan ortiq vaksina yetkazib bergan. Hindiston djenerik dori vositalari tufayli VICHni davolash qiymati o‘n minglab dollarlardan taxminan 100 dollargacha pasaytirilgan.

Ayni paytda dunyoda ishlab chiqarilayotgan barcha generik dori vositalarining taxminan 20 foizi Hindiston hissasiga to‘g‘ri keladi, hind dorilari esa AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Avstraliya bozorlariga eksport qilinadi.

AQSHdan tashqari joylashgan, U.S. Food and Drug Administration standartlariga javob beradigan zavodlar soni bo‘yicha Hindiston dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. UNICEF va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda millionlab insonlarning hayoti saqlab qolingan. Shu bois Hindiston ko‘pincha «dunyo dorixonasi» (pharmacy of the world) deb ataladi.

So‘zining yakunida Smita Pant sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini, uni faqat biznes yoki foyda nuqtai nazaridan baholab bo‘lmasligini taʼkidladi.

Uning aytishicha, inson hayoti va qadri har qanday manfaatlardan ustun turadi.

Endilikda Hindistonning barcha farmatsevtika kompaniyalari World Health Organization tomonidan belgilangan yangilangan tegishli ishlab chiqarish amaliyoti standartlariga (GMP) rioya etishi shart.

Ushbu yangilanishlar barcha kompaniyalar standartlashtirilgan jarayonlarga amal qilishi va sifat ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Dok-1 Maks» siropini isteʼmol qilish natijasida 68 nafar bola halok bo‘lgan, yana 16 nafarida og‘ir asoratlar, ikki nafarida esa yengil oqibatlar kuzatilgan. Mazkur holat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Dorining rasmiy importchisi bo‘lgan «Quramax Medical» MCHJ rahbari 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev esa 18 yilga hukm qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling