Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda yomg‘irli va salqin ob-havo kutilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy hafta davomida Toshkentda uzoq muddatli yomg‘irli ob-havo kuzatiladi.
O‘zgidromet maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatning katta qismida yomg‘irlar kutilmoqda, shimoliy hududlarda esa 3–4 mart kunlari qor aralash yomg‘ir va nam qor kuzatilishi mumkin.
Sinoptiklar yaqin kunlarda barqaror bahoriy issiqlik kutilmayotganini taʼkidlashmoqda. Tungi soatlarda havo harorati –3 dan +2 darajagacha, kunduzgi vaqtda esa +7…+10 daraja oralig‘ida bo‘ladi va pasayish tendensiyasi kuzatiladi.
Aholiga safarlarni rejalashtirishda ob-havo sharoitlarini hisobga olish va yo‘llarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.