Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 28/05/2025 O‘zbekistonda yo‘l qurilishida Xitoy texnologiyalari va standartlari joriy etiladi

O‘zbekistonda yo‘l qurilishida Xitoy texnologiyalari va standartlari joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni damda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Xizmat safari davomida yo‘l xo‘jaligida ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, delegatsiya a’zolari TianJin shahridagi shahar muhandislik, loyihalash va tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. Xitoyning eng yirik sinov laboratoriyasiga amalga oshirilgan tashrif jarayonida esa yo‘l sohasidagi innovatsion materiallarni hamkorlikda yaratish borasida muzokaralar olib borildi. 

Muzokaralar yakunida  O‘zbekistonda ilk bor xorijiy rivojlangan davlat bilan yo‘l sohasida yagona standartlar tizimini yaratish, innovatsion materiallar ishlab chiqish, va raqamlashtirish yo‘nalishlarida amaliy ishlar boshlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur hamkorlik bitimi Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tarixida muhim voqealardan biri sifatida muhrlandi. Endilikda, yo‘l sohasida zamonaviy innovatsion materiallarni ishlab chiqish, yagona standartlar tizimini yaratish va raqamlashtirish borasida amaliy ishlar boshlanadi. 

Bu hamkorlik ilmiy salohiyatni yanada kengaytirish va yuksaltirishda hamda sohani jahon andozalariga xos ravishda yuksalishida muhim o‘rin tutadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling