Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 01/07/2025 O'zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar Shvetsiyadagi yirik savdo do'konlari orqali sotilmoqda

O'zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar Shvetsiyadagi yirik savdo do'konlari orqali sotilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar Shvetsiyaning "Kista Galleria" savdo markazi do'konlari orqali sotuvi yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasidan olingan ma'lumotga ko'ra, Shvetsiya poytaxtida o'tkazilgan O'zbekiston mahsulotlari yarmarkasi yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvga ko'ra, yurtimizda yetishtirilgan mahsulotlar Shvetsiyaning "Kista Galleria" savdo markazi do'konlariga chiqarilgan.

Stokgolm shahrida o'tkazilgan yarmarkada O'zbekistonning "Mazali" brendi quritilgan mevalar – o'rik, olxo'ri, uzum, grek yong'og'i, yer yong'oq, pista, bodom kabi mahsulotlarni taqdim etgan edi.   "Kista Galleria" savdo markazi bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, mamlakatimizda yetishtirilgan qadoqlangan uch turdagi quritilgan mevalar shvetsiyalik xaridorlarga taqdim qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling