Valyuta kurslari 05/06/2025
$1 – 12831.81
UZS – -0,2%
€1 – 14606.45
UZS – -0,45%
₽1 – 163.75
UZS – 0,18%
Qidirish
Turizm 19/05/2025 O‘zbekistonda yana ikki kompaniya Umra ziyoratini tashkil etish litsenziyasini oldi

O‘zbekistonda yana ikki kompaniya Umra ziyoratini tashkil etish litsenziyasini oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra ziyoratini tashkil etish bo‘yicha yana ikki turistik kompaniyaga litsenziya berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotga ko‘ra, joriy yil mart oyida qo‘mita Umra ziyoratini amalga oshirishni xohlagan turoperatorlardan arizalar qabul qilishni boshlagan, hujjatlarni qabul qilish jarayoni 7 aprelda yakunlangan. Arizalarni ko‘rib chiqqan tanlov komissiyasi Centrum Holidays va Buxoro Umra Jamiyati kompaniyalariga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu tariqa, Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat olgan turfirmalar soni umumiy 14 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi umra ziyoratini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan dastlabki 12 ta kompaniya ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ushbu ro‘yxatga Toshkentdan 6 ta, Namangandan 3 ta, hamda Andijon, Marg‘ilon va Urganchdan bittadan kompaniya kiritilgan.

Belgilangan talablarga ko‘ra, Umra ziyoratini tashkil etuvchi kompaniya:

“Ziyorat” xayriya jamg‘armasiga 1 million dollar mablag‘ to‘lashi,

Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot bilan rasmiy shartnoma tuzishi,

hamda ziyoratchilarning tibbiy xizmatlari, ovqatlanishi, yashashi va boshqa tashkiliy masalalar uchun to‘liq javobgar bo‘lishi lozim.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling