O‘zbekistonda xorijiy kapitalli korxonalar 18,7 mingdan oshdi
O‘zbekistonda xorijiy kapitalli korxonalar 18,7 mingdan oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi 18 770 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlari guvohlik beradi.
Ulardan 4 365 tasi mahalliy hamkorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, 14 405 tasi esa to‘liq xorijiy kapitalga ega korxonalardir.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 1,4 barobarga oshgan. To‘liq xorijiy kompaniyalar ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha ko‘tarilgani esa O‘zbekiston bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda investitsiya kiritayotgan korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar ro‘yxatida Xitoy 5 257 ta kompaniya bilan yetakchilik qilmoqda, Rossiya — 3 214 ta, Turkiya esa — 2 173 ta korxona bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
Shuningdek, Qozog‘iston (1 232), Janubiy Koreya (709), Afg‘oniston (653), Ozarbayjon (430), BAA (421), Tojikiston (420) va Hindiston (397) ham yetakchi davlatlar qatoriga kiradi.
Xorijiy korxonalar sonining o‘sishi mamlakatda investitsiya siyosatining samarali amalga oshirilayotganini hamda biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tasdiqlaydi.