O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi ishtirokida quvvati 300 MVt bo‘lgan data-markaz quriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-iyul kuni Energetika vazirligida Xitoyning “Shanghai LinkWise Data Intelligence Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari tomonidan energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda “Shanghai LinkWise Data Intelligence Co., Ltd” kompaniyasi bilan Buxoro viloyatida yuklamasi 300 MVt bo‘lgan ma’lumotlar markazi — “Data centr” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, kelgusida Surxondaryo viloyatida yana 300 MVt yuklamaga ega “Data centr” barpo etish rejalashtirilgan.
Muzokara yakunida memorandumga asosan loyihani amalga oshirish uchun zarur ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.