Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekistonda xalqaro hamkorlar ko‘magida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni sug‘urta qilish bo‘yicha milliy loyiha ishga tushirildi

O‘zbekistonda xalqaro hamkorlar ko‘magida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni sug‘urta qilish bo‘yicha milliy loyiha ishga tushirildi

O‘zbekistonda xalqaro hamkorlar ko‘magida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni sug‘urta qilish bo‘yicha milliy loyiha ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari xalqaro Sug‘urta rivojlantirish forumi (IDF) a’zolari — Swiss Re va Europe RE vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “O‘zbekistonda bog‘dorchilik fermerlari uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” loyihasining amalga oshirilish jarayonlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus InsuResilience Solutions Fund, Swiss Re, Europa Re hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa loyihaning asosiy hamkori hisoblanadi.

Muloqot avvalida xorijiy hamkorlar loyiha doirasida bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berishdi. Shundan so‘ng vazirlik mas’ullari mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish va elektron platformalar orqali xavf-xatarlarni boshqarish masalalariga e’tibor qaratdilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, axborot texnologiyalariga asoslangan sug‘urta mexanizmlari fermerlar uchun ishonchli tayanch bo‘lishi mumkin.

Missiyaning asosiy maqsadi — Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasini ishga tushirish, yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va tizimning barqaror faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, tariflash, anderrayting, ma’lumotlar integratsiyasi hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari ham muhim o‘rin tutadi.

Fermerlar uchun xavf-xatarlarni kamaytirish, tabiiy ofatlar yoki hosil yo‘qotilishi holatlarida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash — ushbu loyihaning bosh maqsadi sanaladi. Mazkur tizimning joriy etilishi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining yangi bosqichini boshlab beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling