Valyuta kurslari 19/01/2026
$1 – 11962.78
UZS – -0,06%
€1 – 13887.59
UZS – -0,29%
₽1 – 153.94
UZS – 0,9%
Qidirish
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining 60 foizdan ortig‘i besh va undan ortiq kishidan iborat — statistika maʼlumotlari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar-dekabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, O‘zbekistonda 5 kishi va undan ko‘p uy xo‘jaligi aʼzolari yashaydigan uy xo‘jaliklari ulushi 61,4 foizni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich ayrim o‘zgarishlarga qaramasdan, so‘nggi o‘n yil davomida barqaror ravishda yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Jumladan, 2015 yilda mamlakatda besh va undan ortiq kishidan iborat uy xo‘jaliklari ulushi 63,3 foizni, 2020 yilda 61,7 foizni, 2024 yilda esa 59,9 foizni tashkil etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling