Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Sport 17/02/2025 O‘zbekistonda uchta sport federatsiyasi va birlashmalarida yangi rahbarlar saylovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda uchta sport federatsiyasi va birlashmalarida yangi rahbarlar saylovi bo‘lib o‘tdi
 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun kun davomida Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida uchta sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalarining ketma-ketlikda navbatdan tashqari saylov konferensiyalari boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Choriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais oʻrinbosarlari, Kamoliddin Roʻzmuhammedov esa bosh kotib lavozimlariga saylanishdi;

Tadbirda “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi;

Federatsiyaning sobiq raisi A.Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga oʻtgani bois, tadbirkor, uzoq yillar “Paxtakor” FK prezidenti sifatida faoliyat yuritgan mutaxassis Botir Rahimov nomzodi Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisligiga ilgari surildi va bir ovozdan maʼqullandi. 

Shuningdek, konferensiyalarda tashkilotlarning yangi ustavi ham tasdiqlab olindi.

Tadbirda ishtirok etgan rasmiylar federatsiyalarning yangi rahbariyatini masʼuliyatli lavozimga saylanishgani bilan qutlashdi. Ularga oldinda turgan Milan-Kortina-2026 qishki va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik yuzasidan vazifalarni belgilab, bu borada oʻz tavsiyalarini berishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling