Valyuta kurslari 11/03/2026
$1 – 12158.13
UZS – -0,27%
€1 – 14166.65
UZS – 0,39%
₽1 – 153.98
UZS – -0,14%
Qidirish
O‘zbekistonda Tojikistondan olib kirilgan 77 kg narkotik musodara qilindi

O‘zbekistonda Tojikistondan olib kirilgan 77 kg narkotik musodara qilindi

O‘zbekistonda Tojikistondan olib kirilgan 77 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

Xususan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan chegara sim to‘siqlari ustidan uloqtirilgan 6 dona sumkalarni qabul qilib olgan vaqtlarida 1983 va 1990 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan ushlandi.

Ushbu sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8 kg 314 gr “geroin” va 54 kg 458 gr “opiy” moddalari borligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur tumandagi umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984 y.t. fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda narkosavdogarning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling