O‘zbekistonda «Tartibga solish qumdoni» faoliyati qoidalari yangilandi
O‘zbekistonda «Tartibga solish qumdoni» faoliyati qoidalari yangilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi direktori tomonidan kapital bozorida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur o‘zgartishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF-254-sonli «Kapital bozorida investitsiya muhitini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni normalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, qumsanduq salohiyatini oshirish va ishtirokchilar imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.
Asosiy yangiliklardan biri — ishtirokchilar doirasining kengaytirilishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar uchun "Tartibga solish qumdoni"da ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, infratuzilma institutlari ishtirokini soddalashtirish: “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va “Toshkent” RFB qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tmasdan "Tartibga solish qumdoni" doirasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.
Instrumentlar va operatsiyalar ro‘yxati ham kengaytirildi. Mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha depozitar tilxatlarni chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga, kastodial xizmatlar va nominal saqlovchi xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan mahalliy emitentlar va investitsiya fondlariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek benefitsiar almashmagan holda qimmatli qog‘ozlarning FOP o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi va ular soliqqa tortilmaydi.
Nominal saqlovchi tomonidan aksiyadorlar huquqlarini ishonchnomasiz amalga oshirish. Mahalliy emitentlar tomonidan xorijiy valyutada korporativ obligatsiyalar chiqarishga ruhsat berildi. Xorijiy qimmatli qog‘ozlarni ichki bozorga kiritish tashkil etiladi.
Investorlar va kapital bozori ishtirokchilari ishonchini oshirish maqsadida "Tartibga solish qumdoni" rejimining amal qilish muddati bo‘yicha cheklov bekor qilindi.
Qabul qilingan o‘zgartishlar yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va sinovdan o‘tkazish uchun yana-da moslashuvchan va barqaror muhit yaratish, mahalliy ishtirokchilar ishtirokini kengaytirish, shuningdek xalqaro kapital bozorlariga integratsiyani yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan.