O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik resurslar yangilandi
O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik resurslar yangilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy sudi ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan bog‘liqligi sababli mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatining yangilangan shaklini eʼlon qildi.
Yangi ro‘yxatga 270 ta Facebook sahifasi, Telegram messenjeridagi 855 ta kanal va guruh, 386 ta Instagram profili, 190 ta YouTube kanali, “Odnoklassniki”dagi 39 ta sahifa, 62 ta TikTok akkaunti, Threads tarmog‘idagi bitta profil, shuningdek 34 ta veb-sayt va boshqa taqiqlangan kontentga ega manbalar kiritildi.
2026 yil boshidan buyon ro‘yxat 240 dan ortiq yangi manbalar bilan to‘ldirildi. Ularning qariyb yarmi Telegram va Instagram‘dagi yangi guruh va kanallardan iborat.
Yangilanishlar doirasida ilk bor Threads ijtimoiy tarmog‘idagi taqiqlangan manba aniqlandi.
Oliy sud eslatib o‘tdiki, ro‘yxatga kiritilgan sahifalar, kanallar va resurslarda joylashtirilgan materiallarni tarqatish qonunbuzarlik hisoblanadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.