Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha “PRESETT” xalqaro o‘quv kursi boshlandi

O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha “PRESETT” xalqaro o‘quv kursi boshlandi

O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha “PRESETT” xalqaro o‘quv kursi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Britaniya Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi Markaziy Osiyoning 5 mamlakatidagi pedagogik kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan 27-ta oliy taʼlim muassasalaridan kelgan mutaxassislar uchun trening tashkil qilmoqda.

Trening ishtirokchilari milliy taʼlim dasturlarni tahlil qilgan holda ularni xalqaro ilgʻor amaliyotlar bilan taqqoslashadi, hamkasblari bilan oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadilar va ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash boʻyicha mutaxassislarning mahalliy hamjamiyatlarini kuchaytiradilar. 

20-23-oktyabr kunlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kelgan 38 nafar mutaxassis ushbu tadbir mashgʻulotlariga qoʻshiladilar. Trening mashgʻulotlariga Norvich til taʼlimi instituti (Buyuk Britaniya) va O’zbekiston universitetlar mutaxassislari yetakchilik qiladilar.

Mazkur toʻrt kunlik seminar-trening mashgʻulotlari natijasida ishtirokchilar boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash taʼlim dasturi asosini tashkil qiluvchi tamoyillarni aniqlashtirib oladilar hamda shu asnoda oʻz kontekstlarida mavjud taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadilar.

Ushbu seminar trening dasturining yana bir ahamiyatli jihati shundaki, har bir ishtirokchi mamlakat oʻzining soha boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan jamoasiga ega boʻlib, ular turli koʻnikma va malakalarga ega akademik mutaxassislardan tarkib topgan boʻladi. Jamoa aʼzolari hamkorlikda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilari taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ustida ish olib borishadi.

Ular shuningdek, taʼlim islohotlari natijasida vujudga keladigan oʻzgarishlarni boshqarish boʻyicha ham bilimlarni egallagan holda taʼlim dasturlaridagi oʻzgarishlarning amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilishini kafolatlashadi.

Mazkur seminar-treninglarni taqdim etishdan oldin, Britaniya Kengashining Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʻrganishni jadallashtirish loyihasi doirasida Markaziy Osiyodagi 5 mamlakatda siyosiy muloqotlarni tashkil qilgan boʻlib, muloqotlar davomida mamlakatlardagi boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar aniqlab olingan edi. Ushbu siyosiy muloqotlar nafaqat akademik mutaxassislar, balki ta’lim vazirliklar va xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirokida olib borildi.

“Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida oʻtkazilgan siyosiy muhokamalardan shu narsani bildimki, hamkasblarimizda hamkorlikda ishlash, oʻzaro tajriba almashingan holda mamlakatlarimizdagi yoshlar uchun yanada yaxshi kelajakni hamkorlikda yaratishga boʻlgan ishtiyoq juda baland.

Shu bois, Britaniya Kengashi ishtirokchilarga sohadagi ilgʻor amaliyotlar bilan oʻrtoqlashish imkoniyatini va taʼlim dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda zarur boʻlgan yordamni taqdim etadi.” deya taʼkidladi Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori oʻrinbosari Jamilya Gulyamova.

Tadbir Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtadi. Tadbir Buyuk Britaniya hukumati huzuridagi Xalqaro rivojlanish departamenti moliyaviy koʻmagida tashkil etilmoqda.

Trening Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab yanada inklyuziv taʼlim tizimlarini rivojlantirish hamda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlashga qaratilgan, Britaniya Kengashining Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʻrganishni jadallashtirish (AELLCA) dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy akademik hamkori Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling