Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
O‘zbekistonda talabalar soni 2,2 barobar oshdi, yetakchilikni qizlar saqlab turibdi

O‘zbekistonda talabalar soni 2,2 barobar oshdi, yetakchilikni qizlar saqlab turibdi

O‘zbekistonda talabalar soni 2,2 barobar oshdi, yetakchilikni qizlar saqlab turibdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024/2025 o‘quv yilida O‘zbekistonning oliy taʼlim muassasalariga 381,7 ming nafar talabalar qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 yildagidan 2,2 barobar ko‘p ekanligini Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Yangi qabul qilingan talabalar orasida asosiy ulushni qizlar tashkil etdi — 196,7 ming nafar. Yigitlar soni esa 185 ming nafarni tashkil qiladi.

Talabalarning hududlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 18,6 ming, Andijon viloyati — 12,5 ming, Buxoro viloyati — 31,5 ming, Jizzax viloyati — 6,3 ming, Qashqadaryo viloyati — 28,8 ming, Navoiy viloyati — 9,2 ming, Namangan viloyati — 16,1 ming, Samarqand viloyati — 21,2 ming, Surxondaryo viloyati — 16,8 ming, Sirdaryo viloyati — 5,3 ming, Toshkent viloyati — 22,7 ming, Farg‘ona viloyati — 20,7 ming, Xorazm viloyati — 16,8 ming, Toshkent shahri — 155,2 ming.

Toshkent shahri mamlakatdagi eng yirik oliy taʼlim markazi bo‘lib qolmoqda — u yangi talabalarning 40 foizdan ortig‘ini qabul qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling