O'zbekistonda sud islohoti doirasida kadrlar o'zgarishi amalga oshirildi
O'zbekistonda sud islohoti doirasida kadrlar o'zgarishi amalga oshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan sud islohoti bilan bog'liq bir qator kadrlar o'zgarishi amalga oshirildi.
Jo‘raboyev Sardor Taxirovich – Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Bakayev Shaxriyor Baxtiyorovich – Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori etib tayinlandi.
Djurayev Djaxangir Baxtiyarovich – Oliy sud sudyasi etib saylanganligi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimidan ozod etildi.