O‘zbekistonda Smart Hospital loyihasi ilgari surilmoqda

O‘zbekistonda Smart Hospital loyihasi ilgari surilmoqda

O‘zbekistonda Smart Hospital loyihasi ilgari surilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan Smart Hospital loyihasi amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga direktor o‘rinbosarlari Yan Toyuan va Suli G‘ayrat boshchilik qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar loyihani amalga oshirish uchun pilot hududni tanlash, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy jihatlarini muhokama qildi.

Huawei vakillari kadrlar tayyorlashning uch bosqichli tizimini joriy etishni taklif qildi. U tibbiyot xodimlari, boshqaruvchilar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislarini o‘qitishni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, raqamli tibbiyotni yana-da rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekiston hamda Huawei kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling