Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
O‘zbekistonda shaxsiy harakatlanish vositalari va velosiped operatorlari assotsiatsiyasi tuzildi

O‘zbekistonda shaxsiy harakatlanish vositalari va velosiped operatorlari assotsiatsiyasi tuzildi

O‘zbekistonda shaxsiy harakatlanish vositalari va velosiped operatorlari assotsiatsiyasi tuzildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda shaxsiy harakatlanish vositalari va velosiped operatorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi bozor ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish hamda sohaning yagona qoidalar asosida faoliyat yuritishini taʼminlashdan iborat bo‘ladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Yangi tashkilot mikromobillik va veloinfratuzilma sohasida ish olib borayotgan kompaniyalarni birlashtiruvchi notijorat sohaviy platforma sifatida faoliyat yuritadi.

Assotsiatsiya bozor ishtirokchilarining davlat organlari bilan hamkorligini muvofiqlashtirish, standart va qoidalar ishlab chiqish, ekspert bilimlari bilan almashish, shuningdek, barqaror shahar transporti uchun innovatsion yechimlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.

Platforma samarali ishlashi uchun doimiy ishchi maydon yaratish rejalashtirilmoqda. U yerda operatorlar faoliyati muvofiqlashtiriladi, maʼlumotlar tahlil qilinadi va biznes hamda davlat tuzilmalari bilan hamkorlikda sohadagi amaliy masalalar tezkor hal etib boriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling