Valyuta kurslari 30/03/2026
$1 – 12195.50
UZS – 0,13%
€1 – 14049.22
UZS – -0,22%
₽1 – 149.71
UZS – 0,8%
Qidirish
O‘zbekistonda qurilish uchun yangi ekologik standartlar joriy etilmoqda

O‘zbekistonda qurilish uchun yangi ekologik standartlar joriy etilmoqda

O‘zbekistonda qurilish uchun yangi ekologik standartlar joriy etilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Toza havo» milliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan boshlab qurilish obyektlari uchun yangi majburiy ekologik talablar joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, qurilish obyektlarida quyidagi ekologik talablarni joriy qilish majburiyatlari kiritiladi:

qurilish obyektlarini fon monitoring stansiyalari bilan jihozlash va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

onlayn nazorat qilish uchun qurilish maydoni bo‘ylab va chiqish nuqtalarida onlayn kameralar o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

huquqbuzarlik sodir etgan qurilish tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirish amaliyotini joriy qilish;

qurilish obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish tartibi joriy qilinadi;

yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 metr kvadratdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling