Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O‘zbekistonda qurilish kompaniyasi turar-joy majmuasini noqonuniy reklama qilgani uchun jarimaga tortildi

O‘zbekistonda qurilish kompaniyasi turar-joy majmuasini noqonuniy reklama qilgani uchun jarimaga tortildi

O‘zbekistonda qurilish kompaniyasi turar-joy majmuasini noqonuniy reklama qilgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish kompaniyasiga reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritmagan holda qurilish obyektlarini reklama qilish taqiqlanadi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganishlarda “Glamur Gold MCHJ qurilish korxonasining qurilish majmualari elektron ro‘yxatga kiritilmaganligi, biroq ushbu turar joy majmuasi ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi «Glamur Gold» MCHJni qonunchilik talablarini buzgan deb topdi va kompaniyaga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qurilishchiga aniqlangan qonunbuzilishni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling