Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
O‘zbekistonda qo‘shimcha ta’lim turlari qonun bilan mustahkamlangan

O‘zbekistonda qo‘shimcha ta’lim turlari qonun bilan mustahkamlangan

O‘zbekistonda qo‘shimcha ta’lim turlari qonun bilan mustahkamlangan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 10-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda taʼlim sifatini yana-da yaxshilash, aholi barcha qatlamlarining taʼlim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Senatorlar tomonidan qayd etilganidek, mazkur Qonun ham ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartirish shundan iboratki, “maktabdan tashqari taʼlim” atamasi ilg‘or xalqaro talablarga muvofiq  “qo‘shimcha taʼlim” atamasi bilan almashtirilmoqda.

Shuningdek, “qo‘shimcha taʼlim” atamasiga taʼrif berilib, u bolalar uchun qo‘shimcha taʼlim va katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha taʼlim turlariga ajratilmoqda.

Bundan tashqari, davlat qo‘shimcha taʼlim muassasalari taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. Bunda bolalar uchun nodavlat qo‘shimcha taʼlim faoliyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini, katta yoshdagilar uchun esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu Qonunning qabul qilinishi taʼlim turlari bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud nomuvofiq holatlarni bartaraf etishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling