O‘zbekistonda Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan yer qimirlashi taʼsiri sezildi

O‘zbekistonda Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan yer qimirlashi taʼsiri sezildi

O‘zbekistonda Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan yer qimirlashi taʼsiri sezildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi hududida magnitudasi 5,7 bo‘lgan yer qimirlashi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Seysmologiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, yer qimirlashi Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da qayd etilgan.

Zilzilaning epitsentri Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati hududida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, Toshkentdan 199 kilometr shimoli-sharqda (koordinatalar: 41,94°N, 71,43°E) joylashgan.

Epitsentrdagi silkinish kuchi 7 ballni tashkil etgan, O‘zbekiston hududida esa u ancha zaifroq sezilgan:

Namangan viloyati — 3–4 ball (epitsentrdan 106 km masofada);

Andijon viloyati — 3 ball (144 km);

Farg‘ona viloyati — 2–3 ball (176 km);

Toshkent — 2–3 ball (199 km);

Sirdaryo viloyati — 2 ball (275 km).

O‘zbekiston hududida vayronagarchilik yoki jabrlanish holatlari haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling