Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 79 667 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 28 026 ta;
sanoat sohasida – 12 938 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 9 117 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 506 ta;
qurilish sohasida – 3 927 ta;
axborot va aloqa sohasida – 2 931 ta;
tashish va saqlash sohasida – 2 753 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 523 ta;
boshqa sohalarda – 11 946 ta.