Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 06/01/2025 O‘zbekistonda paxta ipi eksporti uchun yangi yig‘im stavkalari belgilandi

O‘zbekistonda paxta ipi eksporti uchun yangi yig‘im stavkalari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda paxta ipi eksporti uchun yangi yig‘im stavkalari joriy etildi.

Tegishli qoidalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Biznes uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash va halol raqobat muhitini shakllantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab paxta ipi eksporti uchun yig‘im har kilogrammning eksport qiymatidan 2 % miqdorida undiriladi, biroq $0,05 dan oshmaydi.

Shuningdek, trikotaj mato eksporti uchun yig‘im har kilogrammning eksport qiymatidan 1% miqdorida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshidan boshlab paxta ipi va trikotaj mato eksporti uchun belgilangan yig‘im har kilogramm uchun $0,1 darajasida edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling