Valyuta kurslari 03/03/2026
$1 – 12190.57
UZS – 0,15%
€1 – 14303.20
UZS – -0,38%
₽1 – 157.48
UZS – 0,02%
Qidirish
O’zbekistonda OZON aylanmasi miqdori 2025-yilda deyarli 4 martaga oshdi

O’zbekistonda OZON aylanmasi miqdori 2025-yilda deyarli 4 martaga oshdi

O’zbekistonda OZON aylanmasi miqdori 2025-yilda deyarli 4 martaga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozon 2025-yil uchun auditdan o’tmagan moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Xizmatlarni inobatga olgan holda kompaniyalar guruhi aylanma miqdorini 628,5 trln so’mgacha, tushum miqdorini esa o’tgan yilgiga nisbatan 63% ga — 150,7 trln so’mgacha oshirishga muvaffaq bo’ldi.

Marketpleysdagi faol xaridorlar bazasi o’tgan yillik davrga nisbatan 8,6 millionga o‘sib, 65,1 milliontaga yetdi. O’z navbatida, foydalanuvchilarning sodiqligi ham ortib bormoqda: har bir xaridor marketpleysdan yiliga o‘rtacha 38 ta buyurtma beradi — bu esa 2024-yilgi ko’rsatkichlarga qaraganda 12 ta buyurtmaga ko‘proq. Kompaniya O‘zbekistondagi faoliyatini 2024-yilda boshlagan va bugungi kun bilan taqqoslaganda savdo platformasining mijozlari soni qariyb 3,5 baravarga oshdi.

Natijada, xizmatlarni hisobga olgan holda, Ozon aylanmasi (GMV) 2025-yil yakuniga ko‘ra 45% ga oshib, 628 trln so‘mni tashkil etdi. O‘zbekistonda ham marketpleys aylanmasi jadal o‘sishni ko‘rsatmoqda — bu esa o‘tgan yilning tegishli davri natijalariga nisbatan qariyb 4 barobar ko’proq.

Yil davomida kompaniya o’z mijozlariga o‘tgan yilga nisbatan 1,7 baravar ko‘proq — 2,481 milliard buyurtmani yetkazib berdi. 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston bo’ylab xaridorlar marketpleysda bir yil oldingiga nisbatan deyarli 5 barobar ko‘proq buyurtma berishgan.

2025-yilda Ozon omborlari maydonini ham uchdan birga kengaytirdi va deyarli 5 million kvadrat metrga yetkazib oldi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi logistika quvvatlari Toshkentdagi saralash markazini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir qatorda, kompaniya o’z buyurtmalarni topshirish punktlari tarmog‘ini ham faol rivojlantirmoqda.

Rubldagi hisobot ko‘rsatkichlari 2025-yilning o‘rtacha kursi bo‘yicha so‘mga o‘tkazilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling