Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
O'zbekistonda "Nestlé. Sog‘lom bolalar bilan sog‘lom hayotga ilk qadamr" oilaviy chaqiruvi natijalari e'lon qilindi

O'zbekistonda "Nestlé. Sog‘lom bolalar bilan sog‘lom hayotga ilk qadamr" oilaviy chaqiruvi natijalari e'lon qilindi

O'zbekistonda "Nestlé. Sog‘lom bolalar bilan sog‘lom hayotga ilk qadamr" oilaviy chaqiruvi natijalari e'lon qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 22-sentabrdan 31-oktabrgacha davom etgan “Nestlé. Sog‘lom bolalar bilan sog‘lom hayotga ilk qadam” oilaviy Chellendjining natijalari e’lon qilindi. Ushbu tashabbus boshlang’ich sinf o‘qituvchilari, 7–13 yoshli o‘quvchilar va ularning ota-onalarini birlashtirib, oilalarni foydali ovqatlanish odatlarini shakllantirish, muntazam jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash hamda atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga ilhomlantirdi.

Chellendj “Salomatlik yo‘nalishlari” nomli ta’lim dasturi doirasida tashkil etildi. Ushbu dastur O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Natijalarni e’lon qilish uchun Qozog’iston, Rossiya va O‘zbekiston maktablari o‘quvchilari ishtirok etgan Xalqaro teleko‘prik tashkil qilindi. Toshkentda teleko‘prik 101-sonli umumiy ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi, uning o‘quvchilari Chellendjda faol ishtirok etdilar.

 “Nestlé. Sog‘lom bolalar bilan sog‘lom hayotga ilk qadam” chellendj kabi tashabbuslar sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlarni amaliy harakatlarga aylantirish imkonini beradi. Ushbu tanlov maktab, ota-onalar va biznes hamkorligi qanday qilib sifatli o‘zgarishlar yaratishi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi”, – ta’kidladi Nestlé kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Sergey Lysiuk

Chellendj Qozogʻiston va O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida o‘tkazilib, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarni oilaviy an’analarni rivojlantirish, foydali odatlarni shakllantirish va sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish orqali dasturga jalb qildi. Ishtirokchilar har biri o‘n kundan iborat bo‘lgan to‘rtta mavzuviy bosqichdan o‘tishdi. Ular mavzularni tanlab, topshiriqlarni bajarishdi va “Salomatlik yo‘nalishlari” dasturi saytiga suratlarni yuklab borishdi, bu materiallar esa auditoriya va hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlashtirildi.

Pedagoglar tashabbusni amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi: bolalarni rag‘batlantirdi, sinflarda mini-faolliklar o‘tkazdi va barcha bosqichlar davomida qiziqishni qo‘llab-quvvatlab bordi. Maktablarda bolalar nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, Chellendj doirasida esa ularni qiziqarli formatda amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Muhim bosqichlardan biri ekologik mas’uliyat mavzusi bo‘ldi. “EKO qahramonlar” bosqichi bolalar va kattalarni tabiatni asrashning amaliy usullari — chiqindilarni saralash, resurslarni tejash, ekologik materiallardan foydalanish va har bir oilaga mos boshqa qadamlar bilan tanishtirdi.

Bosqich g‘oliblari:

“Mevalar bayrami” nomli birinchi bosqich g‘oliblari Saidabonu Azizbekova (Toshkent), Nasiba Isroilova (Jizzax viloyati) va Madinabonu Saidova (Toshkent) bo‘ldilar. Ikkinchi bosqich “Superqahramon nonushtasi”da yetakchilar Elnur Axmatov (Jizzax viloyati) va Boburbek Baxtiyorov (Toshkent) bo‘ldilar. Uchinchi bosqich “Birgalikda harakatlanamiz!”da Mubinaxon Mirbadalova (Toshkent) va Solixbek Muzaffarov (Sirdaryo viloyati) g‘alaba qozondilar. Yakuniy bosqich “Eko qahramonlar”da esa Mubinaxon Mirbadalova (Toshkent), shuningdek, Laziza Xudoyberdiyeva, Xilola Akbaraliyeva va Nurmuhammad Nabiev (Sirdaryo viloyati) g‘olib bo‘lishdilar.

Tanlovning asosiy bosqichlaridan tashqari maxsus nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlangan. Superpriz sohibasi Jizzax viloyatidan Nasiba Isroilova bo‘ldi, Instagram tanlovi g‘olibi esa Toshkentdan Yan Stepnov deb topildi. “Super-sinf” nominatsiyasida yuqori jamoaviy faollik namoyish etgan Toshkentdagi 101-maktab o‘quvchilari ajralib turdi. «Eng faol pedagog» unvoniga sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shgan Fotima Sattorova (Sirdaryo viloyati) va Xadicha Shodiyeva (Jizzax viloyati) sazovor bo‘ldilar. “Tomoshabinlar muhabbati” nominatsiyasida eng ko‘p ovoz to‘plagan Abdurahmon Sadinov va Muhammadali Isroilxo‘jayev (Toshkent) g‘olib deb topildilar.

“Nestlé. Sog’lom bolalar bilan sog’lom hayotga ilk qadam” Chellendji bo‘yicha mamlakatning bir necha hududlaridan 200 dan ortiq ish taqdim etildi. Mazkur keng ko‘lamli tadbir zamonaviy ta’lim formatlari va dasturlari oilalarni birlashtirishi, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashi hamda kundalik qadamlar foydali odatlarga aylantirib, salomat va ongli kelajak uchun mustahkam zamin yaratishi mumkinligining yorqin isbotiga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling