Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Texnologiyalar 23/06/2025 O‘zbekistonda Modulli intellektual hisoblash markazini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekistonda Modulli intellektual hisoblash markazini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning “Shanghai LinkWise Data Intelligence Co., Ltd.”, “China Electronics Technology Development Co., Ltd.” va “Shanghai Oriental Credits Industrial” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida ushbu kompaniyalar bilan hamkorlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosida O‘zbekiston hududida Modulli intellektual hisoblash markazini (MIHM) tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu loyiha sun’iy intellekt va yuqori hisoblash salohiyatiga ega zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, besh bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Muloqot chog‘ida hamkor kompaniyalar tomonidan loyihaning dastlabki maketi, texnik yechimlari va loyiha bo‘yicha taqdimot materiallari namoyish etildi. Shuningdek, mazkur tashabbus “Bir makon, bir yo‘l” hamda “Shanxay hamkorlik tashkiloti” doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion hisoblash markazlarini yaratish va raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Xitoy kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling