Valyuta kurslari 13/10/2025
$1 – 12140.91
UZS – 0,14%
€1 – 14053.10
UZS – -0,29%
₽1 – 149.41
UZS – 0,15%
Qidirish
O‘zbekistonda milliy pochta operatori UzPost xususiylashtirilgani haqida xabar berildi

O‘zbekistonda milliy pochta operatori UzPost xususiylashtirilgani haqida xabar berildi

O‘zbekistonda milliy pochta operatori UzPost xususiylashtirilgani haqida xabar berildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda milliy pochta aloqasi operatori — UzPost (O‘zbekiston pochtasi) xususiylashtirilgani maʼlum qilindi, deb xabar berdi iqtisodchi Otabek Bakirov turli mustaqil manbalarga tayanib.

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, davlat ulushini xarid qilgan tomon «shimoliy marketpleyslardan biri» bo‘lishi mumkin. Kuzatuvchilarning taxminicha, gap Rossiyaning onlayn-platformalaridan biri haqida ketmoqda.

Maqola chop etilgan vaqtda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda UzPost ehtimoliy bitim bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

Bundan avval, iyun oyida UzPost affilirlangan shaxslar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritgan edi: undan “Aloqabank”, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda unga bog‘liq bir qator tuzilmalar chiqarib tashlangan. Yangilangan ro‘yxatga esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (O‘zNIF) hamda agentlik ulushi 20 foizdan ortiq bo‘lgan kompaniyalar kiritilgan.

Sentyabr oyida UzPost aksiyalarining 25 foizlik paketi, avvalroq O‘zNIFga o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansiga rasmiylashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling