Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
O‘zbekistonda mahalliy korxona “No-Shpa” mashhur brendini taqlid qilgani uchun jarimaga tortiildi

O‘zbekistonda mahalliy korxona “No-Shpa” mashhur brendini taqlid qilgani uchun jarimaga tortiildi

O‘zbekistonda mahalliy korxona “No-Shpa” mashhur brendini taqlid qilgani uchun jarimaga tortiildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi dunyoga mashhur dorining brendini taqlid qilgan mahalliy korxonaga katta jarima soldi.

Ishlab chiqaruvchi faoliyati tekshirilishi Vengriya kompaniyasi Opella Healthcare Hungary Kft. tomonidan “No-Shpa” tovar belgisi bo‘yicha huquqlariga daʼvo bilan murojaat qilinganidan so‘ng boshlandi. Bozorni o‘rganish jarayonida mahalliy tadbirkor “Dro-Shpa” brendi ostida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.

Agentlik mutaxassislari yangi nomning original brend bilan «aralashtirish darajasigacha o‘xshash» ekanini aniqlashdi. Shunday o‘xshash nomdan foydalanish chet ellik ishlab chiqaruvchining avtorlik huquqlarini buzadi va isteʼmolchilar uchun xavf yaratadi, chunki ular noqonuniy mahsulotni sinovdan o‘tgan dori deb qabul qilishi mumkin.

Intellektual mulk huquqlarini buzgani uchun yuridik shaxs 200 ta bazaviy hisoblash miqdorida jarimaga tortilib, bu 82,4 million so‘mni tashkil etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling