Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Turizm 13/06/2025 O‘zbekistonda lyuks toifali The Samarkand Express turistik poyezdi loyihasi amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda lyuks toifali The Samarkand Express turistik poyezdi loyihasi amalga oshirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari doirasida turizm salohiyatini rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan The Samarkand Express nomli lyuks toifali turistik poyezdni ishga tushirish bo‘yicha yirik investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyiha 2024–2026 yillarni qamrab oladi va umumiy investitsiya hajmi 25 million AQSH dollarini tashkil etadi. 2025 yilda 10 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda birinchi lyuks vagonning tashqi tomonlari bilan bog‘liq ishlar yakunlangan, va u yaqin kunlarda Italiyaga yuborilib, zamonaviy qulaylik va dizayn standartlari asosida to‘liq ichki jihozlanadi.

Loyihani samarali amalga oshirish maqsadida mutasaddi idoralar rahbariyatiga tezkor, shaffof va samarali bojxona rasmiylashtiruvini taʼminlash, shuningdek, xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan.

The Samarkand Express O‘zbekistonda yuqori darajali turizmning yangi ramziga aylanishi, shu orqali mamlakatning xalqaro sayohat yo‘nalishi sifatidagi imijini mustahkamlashi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling