Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi $2 mlrddan oshdi

O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi $2 mlrddan oshdi

O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi $2 mlrddan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi 2025 yil yakunlariga ko‘ra 2 milliard dollardan oshdi. Bu haqda 18 mart kuni Itiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, o‘tgan yili regulyator 3–4 ta xorijiy kriptoplatformaga jarima solgan. Barcha kompaniyalar jarimalarni to‘lashga rozi bo‘lgan, biroq o‘z nomlarini oshkor etmaslikni so‘ragan.

2025 yilda ILMA 3 mingdan ortiq resursni, jumladan noqonuniy kriptoplatformalar, marketpleyslar, bukmekerlik kontoralari va onlayn-kazinolarni bloklashni so‘ragan hamda tegishli maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborgan.

Avvalroq, 2024 yil bahorida Vyacheslav Pak mamlakatda kriptoaktivlar aylanmasi jadal o‘sib borayotganini taʼkidlab, o‘sha paytda bu ko‘rsatkich 1 milliard dollardan oshganini maʼlum qilgan edi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 21 ta kriptoxizmat ko‘rsatuvchi provayder faoliyat yuritmoqda: 12 ta kriptodo‘kon, 6 ta kriptodepozitariy va 3 ta kriptobirja. Ushbu soha 207 ta ish o‘rni yaratilishini taʼminladi.

Soha ishga tushirilganidan beri provayderlar 663 691 nafar mijozni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, ularning 661 850 nafari mamlakat rezidentlari hisoblanadi.

2022–2025 yillar davomida kompaniyalar 107 milliard so‘mdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirgan, shundan 79 milliard so‘m davlat bojlari, 28 milliard so‘m esa oylik yig‘imlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling